Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

huquqiy_aksiya


«Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish» aksiyasi doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston davlat universitetida sayyor qabul tashkil etildi.
Ta’lim tizimi xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda soha vakillarining mummolarini o‘rganildi, kundalik hayotda tez-tez uchraydigan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi, shuningdek davlat xizmatlari markazlari, «Madad» nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

Xususan, qabul davomida 30 ta murojaat kelib tushdi, shundan 25 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish talab qiladigan 5 ta murojaat boshqarmaning ish yurituviga olindi.
Jumladan, Afg‘onistonda xizmat o‘tagan tasviriy san’at o‘qituvchisi E.Qayumovning kompensasiya to‘lovlari yuzasidan qilgan murojaati, D.Jonibekovning ishga joylashish va ishsizlik nafaqasi olish borasida qilgan murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 10 dan ziyod sayyor xizmatlar ko‘rsatildi, subsidiya olish uchun arizalar qabul qilindi.

Bundan tashqari, uchrashuvda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori, “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Nizom mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Тadbir so‘ngida ishtirokchilarga mavzuga doir ko‘rgazmali materiallar — flayer va bukletlar tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi