Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Sayyor qabulda aholi muammolari o'rganildi, fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatildi


“Shirin” mahallasi Boyovut tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli nisbatan og‘ir hududlardan biri sanaladi.

Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur hududda tashkil etilgan sayyor qabul aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali, ularning muammolariga huquqiy yechim topish imkonini berdi.
Tadbirda davlat xizmatlari markazi, FHDYO, hokim yordamchisi, davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi Boyovut tuman filiali, qurilish va arhitektura bo‘limi mas’ullarining ham ishtiroki fuqarolar uchun ayni muddao bo‘ldi.
Jarayonda Boyovut tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan jami 29 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Jumladan, 17 nafar fuqarolar ERI kalitlarini oldilar, 4 nafar fuqarolarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga quyildi, 5 nafar fuqaroga tayyor kadastr hujjatlari topshirildi, 2 nafar fuqaroga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risidagi, 1 nafar fuqaroga o‘limni qayd etish to‘grisidagi ma’lumotnomalarni olishda amaliy yordam berildi.
Sayyor qabulda adliya bo‘limi tomonidan 43 nafar fuqarolarga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etilagan 5 ta murojaat tegishli tartibda bo‘lim ish yurituviga olindi.

Ha, mazkur sayyor qabul aholi murojaatlari bilan ishlashda yangicha ma’no-mazmun kasb etdi. Eng muhimi, xalq bilan ochiq muloqot qilish orqali aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi, ularga yechim izlandi, qolaversa fuqarolar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor ham bo‘ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi