Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Faoliyat samaradorligini oshirish - ustuvor vazifa


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan hay’at majlisida boshqarma, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDYO, notarial arxiv rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.  
Qayd etilanidek, hisobot davrida boshqarma tarkibiy bo‘linmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 130 ta takliflar ishlab chiqildi.
Aniqlangan 14 316 ta qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga 325 ta taqdimnoma, 1 469 ta ogohnoma hamda aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 93 ta takliflar kiritildi.

Ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida 639 ta noqonuniy qarorlar bekor qilindi, 123 nafar shaxslarning ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi, 250 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilib, shundan 14 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Sudlarga 4 mlrd 469 mln so‘mlik 659 ta da’vo arizalari kiritildi.

Kelib tushgan jami 1 361 ta murojaatlarning 1 288 tasi qonuniy hal etildi.

Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha jami 11 375 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

90 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Hay’at majlisida faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi, muammoli masalalar ochiq-oydin muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi