Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Saylov oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi prinsiplariga asoslanadi


Xabaringiz bor, may oyida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘lib otadi.

Albatta, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashuvchi, fuqarolar yig‘ini joylashgan hududdagi aholini birlashtira oladigan va o‘ziga ergashtira oladigan nomzodlarni tanlash imkoniyati fuqarolarda mavjud bo‘lishi lozim.

Yangiyer shahar adliya bo‘limi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda shahar hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan targ'ibot tadbirida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar xususida so‘z bordi.

Tadbir mobaynida “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. 

  • Odamlarning kundalik o‘y-tashvishlarini yaqindan tushunib, hamdard, hamfikr bo‘lishda, ularning og‘irini yengil qilishda eng yaqin ko‘makchi, eng xalqchil tuzilma bo‘lgan mahalla tizimida fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali tashkil etish muhim sanaladi, - deydi yangiyer shahar adliya bo'limi boshlig'i Laziz Xudoyqulov. Bo'lib o'tadigan saylov aynan munosib nomzodlarni saralash imkonini beradi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi