Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

APREL OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Davron Burxonov “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Davron Burxonov 2013-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Faoliyatini 2014-yilda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limi katta maslahatchi lavozimidan boshlagan.
D.Burxonov 2016-2021 yillarda Adliya boshqarmasida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2021-yildan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Davron Burxonovni ushbu e’tirof bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.