Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Sayxunobod tumani “Do‘stlik” mahallasida sayyor qabul o'tkazildi


Sayyor qabullar aholini qaynab kelayotgan muammolarni aniqlash, ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitovning Sayxunobod tumani “Do‘stlik” mahallasida o‘tkazgan navbatdagi sayyor qabulida ham aynan aholining murojaatlari tinglandi. 

Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolardan murojaatlar qabul qilindi. Jumladan, kommunal soha, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun kredit olish masalasida kelib tushgan 15 ta murojaatga joyida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish muddat talab qiladigan 5 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi. 

Men non syexi ochib, tadbirkorlik faoliyatimni yo‘lga qo‘ymoqchiman, - dedi sayyor qabulda ishtirok etgan fuqaro Sh.Nizamova, imtiyozli kredit olishda amaliy yordam kerak.

Fuqaro A.Shodmonovning 15 sotix tomorqasi bor. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib, ro‘zg‘origa daromad olib kirmoqchi, biroq suv tanqisligi bilan bog‘liq muammo sabab, rejasi amalga oshmayapti.

Sayyor qabulda ushbu murojaatlarga huquqiy yechim izlandi va tegishli tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir mobaynida aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun 2 nafar, nafaqa tayinlash uchun 1 nafar fuqaro ariza bilan murojaat qildi. 

Albatta, bu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad eng chekka hududlardagi holatlarni tahlil etish, ijtimoiy ko‘mak zarur bo‘lgan insonlarga yashab turgan joyining o‘zida ko‘mak berish, muammolarga huquqiy yechim topish. Bu ezgu g‘oya odamlarning hayotdan rozi bo‘lishi uchun asos bo'ladi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi