Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

XOTIRA - AZIZ, QADR - MUQADDAS


9-may - Xotira va qadrlash kuni arafasida xalqimizga xos mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi insoniy fazilatlar bo‘y ko‘rsatmoqda.
Ayniqsa, ulug‘ ayyom kunlarida ehtiyojmand oilalar,  yolgʻiz qariyalar holidan xabar olish, oʻtganlarni xotirlash, faxriylarni eʼzozlash, yoshi ulugʻ insonlarni qadrlash an’anaga aylangan.
Darhaqiqat, xotira aziz, qadr muqaddasdir. Sirdaryo tuman Adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi tomonidan Zarshunos, Farovon, Kamolot mahallalari,  Ulugʻbek shaharchasi faollari bilan birgalikda bir guruh keksa faxriylar holidan xabar olindi, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, sovg‘alar ulashildi.
Shuningdek, Afgʻon urushi qatnashchisi Rustam Ummatqulovning oila aʼzolari holidan xabar olinib, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun ta’lim va boshqa imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar berilib, bayram sovgʻalari taqdim etildi.