Янгиликлар
Sayyor qabul - muammolarga huquqiy yechim
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayevning “Sintob” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazgan sayyor qabuli aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish asnosida ularning muammolarini o‘rganish imkonini berdi.
Mazkur sayyor qabulda 30 ga yaqin fuqarolarning turli mazmundagi murodaatlari tinglandi. Shundan 20 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, 8 ta murojaat o‘rganish uchun ish yurituvga olindi.
J.Orziyevaning nogironlik aravachasiga ehtiyoji bor, K.Maqsadovning eshitishda nuqsoni bo‘lgani sabab unga eshitish moslamasi zarur, M.Zavqiyevaga esa qo‘ltiqtayoq olishda amaliy yordam kerak. Ushbu murojaatlar bo‘yicha tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Sayxunobod tuman bo‘limiga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Sayyor qabul davomida uyma-uy yurgan holda ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi. Ularning muammolari o‘rganilib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi