Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Korrupsiya - millat taraqqiyotining kushandasi


Korrupsiya demokratiya va demokratik institutlarning mustahkamlanishiga salbiy ta’sir qiladi, jamiyat taraqqiyoti uchun eng muhim omil – tinchlik, osoyishtalik, adolat, qonun ustuvorligi kabi ijtimoiy-huquqiy qadriyatlarning buzilishiga olib keladi va keng jamoatchilikda ularning mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchni so‘ndiradi. Bu illat bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining buzilishi, sog‘lom raqobatning bozordan siqib chiqarilishi, yashirin iqtisodning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga zamin yaratadi.

“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasida tashkil etilgan o‘quv-seminarda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari xususida so'z bordi. “Korrupsiyaga qarshi kurash tizimini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy va uslubiy asoslari: xalqaro va milliy qonunchilik, standartlar va tamoyillar” mavzusida o'tkazilgan mazkur tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X. Sulaymanbekova ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi