Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylik ta`minlash ustuvor vazifadir


Hozirgi kunda viloyat–tuman miqyosidagi byudjet tashkilotlarni huquqiy jihatdan ta`minlash, ularning faoliyatini qonunchilik asosida tashkil etish hamda mazkur tashkilotlarda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda huquqshunos kasbi egalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2021-yilda O`zbekiston Respublikasida yuridik xizmat sohasida bir qancha islohotlar amalga oshirilib, bir qancha tuman miqyosidagi davlat tashkilotlarida yuriskonsult shtat birliklari qisqartirilib,  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ–5168 sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko`rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori bilan 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab tumanlarda viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil etildi.

Markazlarga yuridik xizmat ko`rsatiladigan davlat tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta`minlash, ularga sifatli va malakali yuridik yordam ko`rsatish kabi vazifalar belgilab berildi. Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil etilganligiga ko`p vaqt bo`lmagan bo`lsada, davlat tashkilotlarida yuzaga kelayotgan huquqiy muammolarni huquqiy yechim topishda, shartnomaviy va mehnat munosabatlarida huquqni qo`llashning bir xil amaliyotini joriy etishda, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam ko`rsatib kelmoqda.

Bundan tashqari, markazlarning asosiy vazifalari tashkilotlarga huquqiy yordam ko`rsatish va ular faolioyatini huquqiy jihatdan ta`minlashgina bo`lib qolmasdan, tashkilotlar tomonidan qabul qilinayotgan normativ tusdagi hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligi bo`yicha huquqiy xulosalar berish va ular tomonidan markazdan huquqiy xulosa olinmagan hujjatlarni qabul qilinishini oldini olish kabi bir qator vazifalarni ham amalga oshirib kelmoqda.

Misol uchun, Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasi va tuman maktabgacha ta`lim bo`limlari tomonidan noqonuniy ravishda 100ga yaqin normativ tusdagi buyruqlar qabul qilingan bo`lib, mazkur hujjatlarga markaz tomonidan huquqiy xulosa olinmasdan, ijroga qaratilgan. Oqoltin tumani yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan shu kabi qonunbuzilish holatlari aniqlanib,  tegishli hujjatlar qonunga muvofiqlashtirildi hamda ushbu qonunbuzilishlarini bartaraf etish bo`yicha tegishli chora tadbirlar amalga oshirildi. Bu esa o`z o`rnida yuridik xizmat ko`rsatiladigan tashkilotlar tomonidan qabul qilinayotgan buyruq va farmoyishlarning qonuniy va har tomonlama puxta bo`lishini ta`minlashda markazlarning roli ahamiyatli ekanligidan dalolat bermoqda.

O`rt ava quyi bo`g`inlarda yuridik xizmat ko`rsatish faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ularni huquqiy jihatdan ta`minlash hamda malakali huquqiy yordam ko`rsatish maqsdida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” gi qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-avgustdan boshlab, yuridik xizmat ko`rsatiladigan tashkilotlar ro`yhati bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Yuridik xizmat bilan ta`minlanmagan 7 ta davlat organlari va tashkilotlarininig tuman(shahar) bo`limlariga, shuningdek, barcha davlat umumiy o`rta ta`lim maktablari, davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari, davlat ko`p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga ham markazlar tomonidan yuridik xizmat ko`rsatiladi.

Yana bir muhim jihat, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalalrni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qaroriga asosan, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan.

Hozirgi vaqtda Oqoltin yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan tumandagi 17 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga huquqiy yordam ko`rsatilib kelinmoqda. Jumladan, bir nafar fuqaoga ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalalrni vasiylikka olish bo`yicha amaliy yordam ko`rsatilib, besh nafar vasiy va homiylarga vasiylik nafaqalari olishda huquqiy ko`mak berildi.

 Xulosa qilib aytganda, yuridik xizmat ko`rsatish markazlarining tashkil etishi byudjet tashkilotlari faoliyatini qonunchilik asosida tashkil etilishi va tashkilot xodimlarininig huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini oshirilishida asosiy omillardan biriga aylanib bormaqda. Shuningdek, markazlar tomonidan yetim va ota-ona qarmog`idan mahrum bo`lgan bolalalrning qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi esa, ular huquq va erkinliklarini erkin amalga oshirishda ko`makchi bo`lmoqda. 


U.Rashidov,

Oqoltin tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti