Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

O’zbekiston Respublikasining “Organik mahsulotlar to’g’risida”gi qonuni


O’zbekiston Respublikasining “Organik mahsulotlar to’g’risida”gi qonuni 2022 yil 26 aprel kuni e’lon qilindi.

Ushbu qonunning 1-moddasida Qonunning maqsadi organik mahsulotlar (organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamg’alash va realizasiya qilish, shuningdek muvofiqlikni baholash va avtorizasiyalashtirish) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi va qonunning amal qilishi shaxsiy iste’mol uchun ishlab chiqarilgan organik mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmasligi ko’rsatilgan.

Qonunning 3-moddasida ushbu qonunda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar yoritib berilgan, ya’ni avtorizasiyalashtirish — muvofiqlikni baholash bo’yicha akkreditasiya qilingan organ sifatida faoliyatni amalga oshirishga ushbu Qonunda va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi organik mahsulotlarga doir boshqa normativ hujjatlarda belgilangan talablarga rioya etilishi uchun mas’ul bo’lgan vakolatli davlat organi tomonidan ruxsatnoma berish;

inspeksiya nazorati — organik mahsulotlarning organik mahsulotlar to’g’risidagi qonunchilikda va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash tartib-taomili;

organik mahsulotlar — ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizasiya qilishning barcha bosqichlarida organik mahsulotlar to’g’risidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan ishlab chiqarish texnologiyalarini qo’llagan holda olingan sertifikatlashtirilgan mahsulotlar;

organik mahsulotlarni ishlab chiqarish — organik jihatdan muvofiqlik sertifikatini olish uchun rioya etilishi zarur bo’lgan organik mahsulotlar to’g’risidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan ishlab chiqarish texnologiyalarini qo’llagan holda mahsulotlarni ishlab chiqarishga va qayta ishlashga doir faoliyat;

organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi — organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.  

Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:

fuqarolar hayoti va sog’lig’ini saqlashning, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi;

organik mahsulotlarni ishlab chiqarish yo’nalishini tanlashdagi ixtiyoriylik;

organik mahsulotlar to’g’risidagi axborotning shaffofligi va ochiqligi;

qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan foydalanish;

 atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash.

Qonun bilan O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi organik mahsulotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Ushbu qonunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasining, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va Muvofiqlikni baholash organining vakolatlari belgilab berilgan.

Qonunning 13-moddasiga asosan organik mahsulotlar ishlab siqaruvchilarning huquqlari quyidagilardan: organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizasiya qilish chog’ida o’z firma nomidan, tovar belgisidan va xizmat ko’rsatish belgisidan foydalanish;

organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizasiya qilish uchun zarur bo’lgan xizmatlar (ishlar) turlarini, shu jumladan muvofiqlikni baholash organlarini va maslahat xizmatlari ko’rsatuvchi tashkilotlarni mustaqil ravishda tanlashdan iborat ekanligi, shuningdek organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkinligi qayd etildi.

Qonunning 14-moddasida organik mahsulotlar ishlabchiqaruvchilarning majburiyatlari, ya’ni Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamg’alash va realizasiya qilish chog’ida organik mahsulotlar to’g’risidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi shartligi ko’rsatilgan. Shuningdek qonunda organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ajratilgan yer uchastkalarida qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirishni ilmiy asoslangan almashlab ekish sxemalariga muvofiq, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek normativ hujjatlar talablarini hisobga olgan holda amalga oshirish;

organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ajratilgan yer uchastkalarida qishloq xo’jaligi ekinlarini erkin joylashtirish kafolatlari ko’rsatilgan.

Mazkur qonunda organik mahsulotlarga doir umumiy talablar, ya’ni organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o’tish shartlari, organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga doir talablar, organik mahsulotlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va olib chiqish, organik mahsulotlarning muvofiqligini baholash, muvofiqlini baholash organini avtorizasiyalashtirish, organik mahsulotlar sohasida ekvivalentlikni baholash, organik mahsulotlarni tamg’alash, organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi reyestri, organik mahsulotlar to’g’risidagi axborotni shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, bu sohadagi nizolarni hal etish va organik mahsulotlar to’g’risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik ham batafsil yoritib berilgan.

Ushbu qonun e’lon qilingan sanadan uch oy o’tib kuchga kiradi.

Yangiyer shaxar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev