Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

"ADLIYA SAYLI"GA MARHAMAT!


Aziz sirdaryoliklar va viloyatimiz mehmonlari!
    Sizlarni  6 may kuni soat 9:00 da Guliston shahridagi «Bilimdonlar maskani»da bo‘lib o‘tadigan “Adliya sayli”ga taklif etamiz.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ushbu tadbirda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda sayyor qabullar tashkil etish, aholiga bepul huquqiy maslahatlar berish, aholi, ayniqsa yoshlarni kitob o‘qishga qiziqishini yanada oshirish maqsadida kitob yarmarkalarini o‘tkazish, shuningdek, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish nazarda tutilgan.
  Shuningdek, sayil doirasida huquqiy testlar, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, mushoira va sport musobaqalari, tibbiy ko‘rik, mehnat yarmarkalari tashkil etiladi.
Sayil dasturidan xushovoz xonandalar ijrosidagi jozibali kuy-qo‘shiqlardan tuzilgan konsert dasturi va badiiy chiqishlar ham o‘rin olgan.

  “Adliya sayli”ga marhabo, aziz yurtdoshlar!