Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

SAVOB ISHNI HAR KIM, HAR KUNI QILISHI KERAK


Yaxshilik, xayr-saxovat, mehr-oqibat, silai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo insonga ziynat bo‘lib kelgan. Xalqimizga xos ushbu fazilatlar Muborak Ramazon hayiti arafasida yana-da bo‘y ko‘rsatdi.
Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan xayrli va savobli ish qilindi. Tumandagi ehtiyojmand oilalar, bemorlar holidan xabar olinib, ularga hayitlik tarqatildi.
-  Tegishli tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish asnosida ularning ko‘nglini ko‘tarishga harakat qildik. Zotan, inson qadri ulug‘langan yurtda hech kim e’tibordan chetda qolmaydi, - deydi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ixtiyor Qayumov. Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak.