Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Ziyorat, xayr-u saxovat insonga ruhiy sokinlik baxsh etadi


Sirdaryo viloyatining boy turistik salohiyatga ega hududlaridan biri sanalgan Xovos tumani 2500 yillik tarixga ega.Tarixchilarning maʼlumotlariga koʻra, Xovosda 28 ta tabarruk qadamjo boʻlgan. Hozirgi kunga qadar ulardan 12 tasi saqlanib qolgan. Muborak Ramazon hayiti arafasida Xovos tuman adliya bo'limi tashabbusi bilan adliya xodimlari ushbu tarixiy qadamjolarni ziyorat qildilar.
- Muqaddas joylarni ziyorat qilish odamlarni yomon yo‘llardan uzoq yurishga, insofli-diyonatli bo‘lishga, o‘zidan faqat yaxshilik qoldirish singari xayrli ishlarga chorlaydi. Bugun “Xasti buzurgon”, “Bibi ocha”, “Yusufbobo”, Sherbobo” ziyoratgohlarida bo‘ldik. Ushbu ziyoratgohlarning tarixi haqida ma’lumotga ega bo‘ldik. Eng muhimi,  ziyorat ruhiy sokinlik berdi, - deydi Adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Safarboy Tog‘ayev.
 Shundan so‘ng adliya xodimlari Xovos tumanidagi O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurishdi. Bu yerda 200 dan ortiq tarixiy ashyolar hamda eksponatlar o‘rin olgan. Muzey xodimlari tomonidan har bir ashyo va eksponat haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

   Ko‘hna Xovosga uyushtirilgan sayohat xayriya tadbiri bilan davom etdi. Shu kuni ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa hayotiy ehtiyoj uchun zarur buyumlar tortiq qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi