Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Sirdaryoda tibbiyot xodimlari uchun sayyor qabul tashkil etildi


Xabaringiz bor, joriy yining 15-mart-15 may kunlari Adliya vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiyadan ko‘zlangan maqsad soha xodimlarining huquq va manfaatlari himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, sohaviy normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qo‘llanishida qonuniylikni ta‘minlashdan iborat.
Bugun Adliya boshqarmasi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialida tibbiyot xodimlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbir avvalida Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan ochiq muloqoti xususida so‘z bordi. "Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun" deb nomlangan ushbu uchrashuv sohani tubdan rivojlantirish, jahon standartlariga mos tibbiyot tizimini shakllantirish, aholiga tibbiy xizmat sifatini oshirish islohotlar ko‘lamini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Shundan so’ng sayyor qabul tashkil etilib, soha xodimlarining muammolari o‘rganildi.
Jarayonda 50 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi, shundan 30 ta murojaat bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirish berildi, o‘rganish muddat talab qiladigan 10 ta murojaat ish yurituvga olindi.
Shuningdek, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ipoteka krediti asosida subsidiya olish, nogiron bolani tarbiyalayotgan onalarga parvarish nafaqasini olish kabi masalalarda 10 nafar fuqaroga Guliston shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan tegishli huquqiy maslahatlar berildi.

Sayyor qabul samarali bo‘ldi. Tibbiyot xodimlari nafaqat sohaga oid muammolar, balki hayotiy zarur masalalar yuzasidan adliya boshqarmasi, Guliston shahar adliya bo‘limi, notarius, advokatlar, FHDY organlari, Guliston shahar oila ava xotin qizlar bo‘limi mas’ulllaridan huquqiy maslahat olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

Aksiya doirasida targ‘ibot tadbirlari joylarda davom etmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi