Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

ADLIYA BOSHQARMASIDA HASHAR QIZG'IN


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun mamlakatimiz bo‘ylab “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida o‘tkazilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari yurt obodligi yo‘lida xalqimizni yanada birlashtirdi. 

Zero, hasharda mahallalar, aholi turar-joylari, tashkilot va muassasalarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltiriladi.
Eng muhimi, hashar xaqimizga xos birdamlik, ming yillar mobaynida kishilar o‘rtasidagi bir-biriga o‘zaro yordam, insonparvarlik, olijanoblik, saxovatpeshalik kabi ezgu tuyg‘ularni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi ahil jamoasi ham tashkilot hovlisida erta tongdan hashar ishlarini boshlab yubordi. 

Ko‘chalar supurilib, yo‘l yoqalari tartibga keltirildi, yerlar yumshatilib, gul urug‘lari sepildi, daraxtlarga shakl berildi.
-Ulug‘ ayyomlar, katta tantanalar oldidan umumxalq xayriya hasharlarini o‘tkazish yurtimizda an’anaga aylangan. Muborak Ramazon hayiti arafasida o‘tkazilgan bugungi hasharda Adliya xodimlari ham faol ishtirok etdilar, - deydi boshqarma boshlig‘i S.Sattarov. Uyushqoqlik bilan jamoa bo‘lib qilinadigan yumushlarga har kim o‘z hissasini qo‘shishga intildi.

Darhaqiqat, obod, saranjom-sarishtali joyda baraka bo‘ladi. Pokizalik va ozodalik qalblarga nur ulashib, inson ruhiyatini ko‘taradi. Bugun Adliya boshqarmasida ana shunday kayfiyat hukmron.  


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi