Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyatda faoliyat yuritayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda dastlab mamlakatimizda nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirish va rag‘batlantirishga doir bir qator normativ huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5012-son Qarori, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati yig‘ilish ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi.
Bundan tashqari, tadbir jarayonida muhtaram Prezidentimizning 2021 yil 4 martdagi PF-6181-son Farmoni bilan 2021 yil 1 apreldan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinishi, 2021 yil 1 maydan «Shaffof xayriya» yagona interaktiv portali ishga tushirilishi, bu esa o‘z navbatida respublikamizda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada oshirish uchun xizmat qilishi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir davomida tumanda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlariga davlat grantlarida ishtirok etish uchun hujjatlarni tayyorlash, grantlarda qatnashish, agar g‘olib deb topilgan taqdirda grant mablag‘laridan maqsadli foydalanish tartibi tushuntirildi.

Savol-javoblar asosida o‘tgan tadbir jarayonida ishtirokchilar mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi