Янгиликлар
Mahalla faollarining huquqiy savodxonligi oshirildi
Mahalla faollari - har bir mahallada ayollarning dardi bilan yashaydigan ushbu tizim chin ma’noda xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularga har tomonlama ko‘mak berish, ularni jamiyatning faol a’zosiga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz.
Albatta, mahalla faoli huquqiy savodxon bo‘lishi davr talabi. Ana shu maqsadda mahalla faollari uchun o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
Guliston shahar adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Farruh Uralov mazkur o‘quv kursida ma’ruza bilan ishtirok etib, mahalla faollari bilan muloqotda bo‘ldi.
O‘quv jarayonida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, ularni har tomonilama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi