Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Saylov -muhim tanlov


Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi tashabbuskor va islohotchi rahbar, inson qadri ulug' tamoyilining amalgagi ro'yobini ta'minlashda hissa qo'sha oladigan, xalqni rozi qilishdek ezgu maqsad yo'lida fidoyilik namunasi bo'la oladigan munosib nomzodni saylashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi hamkorligida mahallabay tarzda joylarda o'tkazilayotgan targ'ibot tadbirlarida joriy yilning may oyida bo'lib o'tadigan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o'tkazish, jarayonda fuqarolar faolligini oshirish masalalarida so'z yuritilmoqda.

"Navro'zobod" mahallasida bo'lib o'tgan tadbir ham ana shu jihatlari bilan ahamiyatli bo'ldi.

Muloqotda "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida"gi Qonunining mazmun va mohiyatiga alohida to'xtalib o'tildi hamda ushbu lavozimga nomzodlar ko‘rsatish va ularga qo‘yilgan talablar, ovoz berish tartibi va qonun bilan belgilangan boshqa normalari tushuntirildi.

Shuningdek tadbir davomida yangiyer shahar adliya bo'limi bosh maslahatchisi Arslon Noraliyev tomonidan yangi qabul qilingan bir qator qonun hujjatlari mazmun-mohiyati to'g'risida keng ma'lumotlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi