Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi prinsiplari asosida amalga oshiriladi


Saylov – fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida bevosita ishtirok etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyatining saylash orqali shakllantiriladigan organlariga taqdim etilgan nomzodlardan birini ovoz berish yo‘li bilan tanlab olishga qaratilgan jarayon hisoblanadi.

Odamlarning kundalik o‘y-tashvishlarini yaqindan tushunib, hamdard, hamfikr bo‘lishda, ularning og‘irini yengil qilishda eng yaqin ko‘makchi, eng xalqchil tuzilma bo‘lgan mahalla tizimida fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali tashkil etish muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashuvchi, fuqarolar yig‘ini joylashgan hududdagi aholini birlashtira oladigan va o‘ziga ergashtira oladigan nomzodlarni tanlash imkoniyati fuqarolarda doimo mavjud bo‘lishi lozim.

Oqoltin tuman adliya bo‘limi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda mahallabay targ'ibot tadbiri tashkil etilib, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar, shuningdek “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri "Ahillik" mahallasida bo'lib o'tdi.

Muloqot davomida fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida doimiy yashovchi fuqarolar ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Seminarda mavzuga oid ko‘rgazmali materiallardan samarali foydalanildi, ishtirokchilarga flayer va bukletlar tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi