Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Sirdaryo viloyati perinatal markazida huquqiy targ'ibot tadbiri


Xabaringiz bor, joriy yining 15-mart-15 may kunlari Adliya vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiyadan ko‘zlangan maqsad soha xodimlarining huquq va manfaatlari himoya qilish, sohaviy normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qo‘llanishida qonuniylikni  ta‘minlashdan iborat.

Adliya boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyati perinatal markazida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri ham ayni maqsadlar uchun xizmat qildi.

Tadbir avvalida Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan ochiq muloqoti xususida so‘z bordi.
Muloqotda "Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun" deb nomlangan ushbu uchrashuv sohani tubdan rivojlantirish, jahon standartlariga mos tibbiyot tizimini shakllantirish, aholiga tibbiy xizmat sifatini oshirish islohotlar ko‘lamini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, mehnat qonunchiligi va sohaga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv savol-javob, munozaralarga boy bo'ldi.

Tadbirda Adliya boshqarmasi bo‘lim boshliqlari Aziz Mavlonov va Timur Karimov ishtirok etdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi