Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Aksiya doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan 3-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

“Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir ta’lim tizimi xodimlari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, mehnat qonunchiligiga doir talablar va kafolatlar mavzusiga qaratildi.

Xususan, Vazirlar mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedogog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan holatlar, attestatsiya o‘tkazmasdan beriladigan malaka toifalari xususida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, joriy yilning may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi sayloviga tayyorgarlik jarayoni, “Mahalla fuqarolari yig‘ini raislari (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi