Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Mahalliy eksportchi korxonalar ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi


Sirdaryo viloyati Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasida Adliya, Bojxona o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamkorligida mahalliy eksportchi korxonalar ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etilib, sohaga oid yangiliklar, yaratilgan imtiyozlar batafsil tushuntirildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi,   “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida atroflicha so'z bordi.
Ta'kidlanganidek, Respublikamizda eksport salohiyatini yanada oshirish avvalo eksportchi korxonalarni moliyaviy jihatdan yanada kuchaytirishda o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning tashqi bazorlarga eksport qilinishida  raqobatbardoshligini mustahkamlash va o‘z o‘rni, o‘z istemol bozoriga ega bo‘lishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu o‘z navbatida respublikamizda valyuta tushumlarining ortishiga xizmat qiladi. 

 - Bugungi kunda eksportchi korxonalarni muammolarini tezkorlik bilan hal qilish bo‘yicha Eksportchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash Respublika shtabi tashkil qilingan bo‘lib, ushbu tizimning viloyatimizda ham faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shtab tomonidan eksportchilarning murojaatlarini hududiy va respublika darajasida ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda, - deydi Sirdaryo viloyati Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bosh yuriskonsulti Zoyir Qayumov.

Tadbir ochiq muloqot ruhida, savol-javob tarzida yanada mazmunli o‘tdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi