Янгиликлар
23
БИЛАСИЗМИ?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PQ–5102-son “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan boshlab davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.
Bunda, davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.
Shuningdek, davlat pensiyalarini tayinlash “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan elektron ma’lumotlar asosida amalga oshirilib, bunda mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlar Pensiya jamg‘armasi tomonidan ushbu tizimdan foydalangan holda elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida olinadi.