Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

СЎРАГАН ЭДИНГИЗ...


Savol: Korxona mulkdori almashgan, korxona qayta tashkil etilgan, idoraviy bo‘ysunuvi o‘zgargan hollarda mehnat shartnomasi amal qilish tartibini tushuntirib bersangiz?

T.Ergashyev, Sirdaryo tumani “Quyosh” MFY


Javob: Mehnat kodeksining 98-moddasida korxona mulkdori almashganda, xuddi shuningdek korxona qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborilgan, birlashtirilgan, bo‘lib yuborilgan, qayta tuzilgan, ajratilganda) mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi.

Yangi mulkdor korxonaning rahbari uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir (100-modda ikkinchi qismining 6-bandi). Korxonaning boshqa xodimlari bilan esa, mehnat shartnomasi qonunchilikka muvofiq holda bekor qilinishi mumkin.

Korxonaning bir organ bo‘ysunuvidan boshqa organ bo‘ysunuviga o‘tkazilishi mehnat shartnomasining amal qilishini to‘xtatmaydi.


Savolga Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boʻlim boshlig‘i A.Mavlanov, Sirdaryo tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Z.Kazakov javob berdi