Янгиликлар
Kadrlar bo‘yicha menejerga ish haqi kam to‘langan, holatga adliya aralashdi
Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan "Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish huquqiy aksiyasi" ushbu soha xodimlarining muammolarini o'rganish, ularga huquqiy ko'mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Aksiya doirasida Boyovut tumani 7-son umumta’lim maktabi kadrlar bo‘yicha menejeri Nafisa Usmonovaning ham huquqlari himoya qilindi. Uning ish haqi kam to‘lanayotganidan norozi bo‘lib tuman adliya bo‘limiga qilgan murojaati qonunchilik talablari asosida o'rganilib, ijobiy hal qilindi.
N. Usmonova 2020-yilning 24-aprelida 7-son umumta’lim maktabida kadrlar bo‘yicha menejer lavozimiga ishga qabul qilingan. Biroq, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgani uchun ish haqi 5-razryad bo‘yicha to‘langan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 743-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlarida oliy ma’lumotli bo‘lmagan mutaxassislar va inspektorlarga 6-razryad bo‘yicha ish haqi to‘lanishi lozimligi belgilangan.
O‘rganish davomida Usmonova Nafisa Xusanovnaga 2020-2021 yillar oralig‘ida 1 435 349 (bir million uch yuz qirq besh ming uch yuz qirq to‘qqiz) so‘m miqdorda ish haqi to‘lanmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagilarga asosan, adliya bo‘limi tomonidan N. Usmonova manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudiga ariza kiritildi.
Natijada N. Usmonovaning oylik ish haqi qayta hisob-kitob qilinib, Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan N. Usmonova foydasiga 1.435.349 so‘m miqdorida ish haqi undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarildi.
Otabek Xolmatov,
Boyovut tuman adliya bo‘limi boshlig‘i