Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq


Korrupsiya har qanday jamiyatda demokratiya va huquq ustuvorligiga ziyon yetkazadi, insonlar haq huquqlari buzilishiga olib keladi.

Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan favqulodda vaziyatlar bo‘limida tashkil qilingan davra suhbati korrupsiyaning salbiy oqibatlarini tushuntirish va uning oldini olish maqsadiga qaratildi.
Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon, Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, muloqot davomida shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O’zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 1541- moddasiga asosan O’zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan bo‘rilgan savolarga atroflicha javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi