Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

HARBIY XIZMATCHILARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI


Mirzaobod tumanida joylashgan 532-SCHR batalonida har haftaning payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” sifatida belgilanib, harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida turli tadbirlar, seminar va davra suhbatlari o‘tkazib kelinadi. 

 Navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbirida Sirdare viloyati Adliya boshkarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Dilnoz Umurzoqova, Bojxona boshqarmasi yuristi Orzumurod Shamsiyev ishtirok etdi. 

 Ma’ruzachilar dastlab bojxona va adliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berishdi.
 Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

 Shuningdek, muloqotda shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 1541- moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.

 Tadbir konstruktiv ruhda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi