Янгиликлар
Korrupsiya davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfdir
Bugungi kunda jamiyatni tashvishga solayotgan eng global muammolardan biri – korrupsiyadir. Mamlakatimizda ushbu illatga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.
Davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash jarayonidagi asosiy vazifalardan biri ham aynan korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borishdan iboratdir.
"Guliston neft bazasi" MCHJ da tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va bartaraf etish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z bordi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ushbu illatga qarshi xalqaro miqyosda kurashishga doir huquqiy normalar haqida ham to'xtalib o‘tildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari Dilnoz Umurzoqova, Akbar Ahrorov, viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Oybek Tojiboyev ma’ruza bilan ishtirok etishdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi