Янгиликлар
21
"Siz huquqingizni bilasizmi?" mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, eng avvalo oiladan, so‘ngra ta’lim muassasalaridan boshlanadi. Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda targ‘ibot tadbirlarining ahamiyati katta. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadini ilgari suradi.
Ushbu hamkorlik samarasi o‘laroq, yaqinda "Siz huquqingizni bilasizmi?" mavzusida Guliston shahridagi 2, 5, 9-umumta’lim maktablarida yoshlar bilan muloqotlar tashkil etildi.Mazkur tadbirlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati batafsil tushuntirildi. Ta’kidlanganidek, yoshlar katta kuch, yurtning ertangi kuni. Shu bois ularning huquqiy savodxonligini oshirish, bilimli, intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash asosiy vazifalardan biridir. Umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan tadbirlar oquvchilar uchun foydali, har jihatdan mazmunli bo‘ldi. Uchrashuv davomida yoshlarning konstitutsiyaga oid bilimlari yanada mustahkamlandi, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligi oshirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi