Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Mahallam taqdiriga befarq emasman


Oqoltin tuman adliya bo‘limi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hankorlikda “Ko‘rkam diyor” mahallasida “Mahallam taqdiriga befarq emasman” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda dastlab “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Bu yil may oyida o‘tkaziladigan fuqarolar yig‘ini raisi saylovi mamlakatimiz rivojlanishining butunlay yangi bosqichida, jumladan, mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish Taraqqiyot strategiyamizning ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan tarixiy pallada bo‘lib o‘tishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida amaldagi qonunchilikka ko‘ra, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish va ularga qo‘yilgan talablar, ovoz berish tartibi va normalar tushuntirildi.

Shuningdek, muloqotda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida fikr-mulohazalar bildirildi. Mahallaning «faol» modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsadida 2022 yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar muhokamalar markazida bo'ldi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi.