Янгиликлар
huquqiy_aksiya
“Sogʼliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida Mirzaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tumandagi 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazilidi.
Seminarda maktabgacha ta'lim sohasiga oid bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, mehnat qonunchiligi, yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Xususan, “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’kidlandi.
Endilikda tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatiladi. Muloqot mobaynida ushbu huquqiy asosning eng muhim jihatlariga alohida to'xtalib o'tildi.
Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha jaavoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi