Янгиликлар
huquqiy_aksiya
“Sog‘liqni saqlash va ta‘lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aktsiyasi doirasida Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda dastlab sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati to'g'risida batafsil to'xtalib o'tildi.
Shundan so'ng tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlari va kafolatlari haqida so'z bordi.
Uchrashuvda ko'p yillik ish stajiga ega bo'lgan tibbiyot xodimlariga ustama haqlari belgilash, alohida o'rnak ko'rsatgan vrachlarni rag'batlantirish tartibi va boshqa sohaga oid qonunchilik talablari tushuntirildi.
Tadbir qizg'in savol-javoblarga boy bo'ldi. ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi Shavkat Iskanov tomonidan batafsil javob berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi