Янгиликлар
20
Huquqiy aksiya davom etmoqda
Sardoba tuman adliya boʼlimi tomonidan tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 6-sonli umumta'lim maktabida “Sogʼliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida targʼibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ta’lim tizimidagi islohotlar xususida so‘z yuritilib, sohani rivojlantirishga qaratilgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar e’tirof etildi.
Tadbir ochiq muloqot ruhida davom etdi. Pedagog xodimlarning mehnat qonunchiligi va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati hamda ularning ijrosi yuzasidan bergan savollariga adliya bo‘limi boshlig‘i Ilhom Yunusov tomonidan batafsil javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi