Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Boyovut tuman adliya bo'limi tomonidan “Markaz” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o'tkazildi


Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan navbatdagi sayyor qabul “Markaz” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.

Qabulda tuman byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari, “Istiqlol”, “Markaz” mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida 20 dan ortiq murojaat adliya bo‘limining ish yurituviga olindi. Pensiyaga chiqish, subsidiya, moddiy yordam, kredit olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan 18 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi.

Tadbir davomida "“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun va mohiyati haqida ham keng ma'lumotlar berilib, joriy yilning may oyida bo'lib o'tadigan saylovda aholi faol ishtirok etishga chaqirildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmunini aks ettirgan tarqatma materiallar – flayer va bukletlar tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi