Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Huquqiy aksiya doirasida ta'lim tizimi xodimlari bilan yuzma-yuz


Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Jumladan, Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan 1-son umumta’lim maktabi o‘qituvchilari va murabbiylari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda tizim xodimlariga huquqiy aksiyaning mazmun-mohiyati, buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan murojaat tartibi tushuntirildi.

Shuningdek, qonunchilik hujjatlarida pedogoglarga berilgan imtiyozlar, to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilishi bilan birga mavzuga doir flayer va bukletlar tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi