Янгиликлар
Qonun va adolat ustuvorligini ta'minlash yo'lida
Ma’lumki, har qanday jinoyatning oldini olishda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarining olib borilishi muhim o‘rin tutadi.
Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan ichki ishlar vazirligi huzuridagi 8-son tergov hibsxonasida xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi mazmun-mohiyati to'g'risida batafsil to'xtalib o'tildi.
Shuningdek, tadbirda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar xususida so'z yuritilib, qonunbuzarlik holatlari uchun jazo muqarrarligi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, muloqotda shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 1541- moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.
Umumbashariy muammoga aylangan odam savdosining ildizini qirqish, uning salbiy oqibatlari oldini olishda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiytarg‘ibot va ma’rifat bo‘limi