Янгиликлар
Adliya ko‘magi bilan 17 yillik muammo ijobiy hal bo‘ldi, Bibisoraning tug'ilganlik fakti belgilandi
Munisa Rustamova va Abdunabi Rustamovlar 1996 yilda qonuniy nikohdan o‘tib oila qurishgan. Ularning birgalikdagi turmushidan 4 nafar farzandlari bor.
2005-yilning 1-mayida Rustamovlar xonadonida qiz farzand tug‘ildi. Qizaloqqa Bibirosora deb ism qo‘yishdi.
Bibisora yaqinda 17 bahorni qarshilaydi. Ayni paytda u o‘zidan 2-3 yosh kichik sinfdoshlari bilan 8-sinfda tahsil oladi.
Bibisora uy sharoitida dunyoga kelganligi sababli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi o‘z vaqtida rasmiylashtirilmadi, boz ustiga endi pasport olishda ham muammolarga dech kelinmoqda.
M. Rustamova farzandi Bibisora Bozorovaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘rab bir necha tashkilotga murojaat qildi, biroq natija bo‘lmadi.
Bu borada u Yangiyer shahar adliya bo‘limi ko‘magiga tayandi.
Mazkur murojaat, adliya bo‘limi tomonidan nazoratga olinib, zarur hujjatlar to‘plandi.
O‘rganish davomida 2005-2022-yillar oralig‘ida Bozorova Bibisora Abdunabi qizining tug‘ilganligi qayd etilmaganligi viloyat fuqarolik dalolatnomalarini yozish arxivi, Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxona bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnomalar asosida tasdiqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga Bozorova Bibisoraning tug‘ilganlik faktini belgilash yuzasidan ariza kiritildi.
Sud ajrimi bilan odam DNKsi ekspertizasi o‘tkazilishi belgilandi.
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, Munisa Rustamova Bibisora Bozorovaning bioligik onasi ekanligi tasdiqlandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan Bozorova Bibisoraning Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida 2005-yil 1-may kuni tug‘ilganligi fakti belgilandi.
Adliya ko‘magi bilan 17 yillik muammo ijobiy hal bo‘ldi. Bibisora Bozorova endi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, mamlakatda fuqarolar qanday huquqlarga ega bo‘lsa u ham xuddi shu huquqlarga egalik qiladi.
Laziz Xudoyqulov, Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i