Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Adliya yordam berdi, sportchi qiz ishga joylashdi


Sayyor qabullar xalq bilan muloqot qilish, joylarda aholini qiynab kelayotgan, o‘z yechimini kutayotgan muammolarga yechim topishda eng samarali mexanizm.

Joriy yilning 31 mart-1 aprel kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilgan edi. 2 kun mobaynida viloyat hududlari bo‘ylab o‘tkazilgan ushbu sayyor qabullar davomida Adliya boshqarmasi tomonidan jami 41 ta murojaat qabul qilindi.

Sayyor qabulda fuqaro G.Mirzayeva GulDU 2-kursida tahsil olayotgan qizi Z.Mirzayevani ishga joylashtirishda amaliy yordam so‘rab adliya boshqarmasiga murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaat qonunchilik talablari asosida o‘rganib chiqilib, ijobiy hal etildi.

Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman bandlikka ko‘maklashish markazining bo‘sh ish o‘rinlariga muvofiq, Sirdaryo tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabida mavjud vakant shtat birligiga Oliy ta’lim muassasasida 1-2-bosqichda ta’lim olayotgan talabalarni ishga qabul qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirining “Oliy taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-son buyrugʻi talablari asosida ko‘rsatma berilib, fuqaro Z.Mirzayeva Sirdaryo tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabiga 0,5 stavka gandbol trener-oq‘ituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi.

Bundan tashqari, o‘quv mashg‘ulotini qishloq hududida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabida o‘tayotganligi sababli ish haqiga qo‘shimcha 15% ustama haqi belgilandi.

Ma’lumot uchun: Z.Mirzayeva olimpiya zahiralari kollejini tamomlab, GulDUga o‘qishga qabul qilingan. Xalqaro toifadagi sport ustasi, Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi, Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibida 3 marta jahon chempionatida ishtirok etgan.


Kamoliddin Ernazarov,

Sirdaryo tuman adliya bo'limi boshlig'i