Янгиликлар
18
Sirdaryoda soliq va mehnat qonunchiligi, unda belgilab berilgan vazifalar muhokama etildi.
"Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi Sirdaryo viloyat adliya, soliq va bandlik boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda nodavlat va notijorat tashkilotlarda me’yoriy hujjatlarni yuritish, soliq va mehnat qonunchiligida belgilab berilgan dolzarb vazifa va ustuvor yo‘nalishlar ijrosi, uni ta’minlash mexanizmlariga bag‘ishlangan o‘quv amaliy seminar o‘tkazdi.
O‘quv amaliy seminarda amaldagi qonun hujjatlarida belgilab berilgan vazifalar, ustuvor yo‘nalishlar, hisobotlarni onlayn topshirish, my.mehnat.uz saytiga kirish, ma’lumotlarni joylash, mehnat daftarchalarini onlayn yuritish va boshqa masalalarda so‘z yuritildi.
Har bir mavzu bo‘yicha fikr almashinildi. Talab va takliflar aytib o‘tilib, kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
O‘tkazilgan o‘quv amaliy seminar, qizg‘in, savol javoblarga boy bo‘ldi. Seminar so‘ngida fondning quyi tuzilmalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi.