Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Mening huquqim” mavzusida adliya va yoshlar muloqoti tashkil etildi


Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi. 145 dan ziyod o‘quvchini o‘z bag‘riga olgan mazkur o‘quv dargohi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 maydagi «Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
E’tirof etish joiz, shu kungacha maktab o‘quvchilari turli yo‘nalishlarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritib kelyapti. Endilikda o‘g‘il-qizlar chet ellik ustozlaridan ham ingliz tili fani bo‘yicha mukammal saboq olmoqdalar.

Quvonarlisi, ushbu ziyo maskanida huquqshunos bo‘lishni orzu qilgan yoshlar talaygina. Huquqshunoslik to‘garagining faoliyat olib borayotganligi o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.Bu borada adliya boshqarmasi bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, bo‘lajak huquqshunoslar bilan tez-tez uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

“Mening huquqim” mavzusida bo‘lib o‘tgan navbatdagi tadbir yoshlar va adliya muloqoti uchun asos bo‘ldi.
Tadbir avvalida adliya organlari faoliyatiga oid videorolik namoyishi o‘quvchilarni ushbu sohaga qiziqishini yanada oshirdi. Shundan so‘ng, bola huquqlari, ta’lim olish, kasb-hunar egallash huquqlari, bugungi islohotlar, yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.
Ayniqsa, konstitutsiyaga oid savol-javoblar uyushtirilganligi o‘g‘il-qizlar uchun har jihatdan foydali bo‘ldi.

Tadbir soʻngida yoshlarga hayotiy muhim masalalar bo‘yicha huquqiy qo‘llanmalar tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi