Янгиликлар
Harbiy qismda bir kun
Sirdaryo tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi 525-SCHRb harbiy qismda huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda, harbiylar va ularning oila aʼzolariga berilgan imtiyozlar, tadbirkorlik va aholi bandligini ta’minlash sohasida qabul qilingan yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, muloqot mobaynida davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish tartibi, shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 1541- moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.
Bundan tashqari, muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinishdan yoki xizmatni Qurolli Kuchlar rezervida o‘tashdan bo‘yin tovlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 237-moddasiga asosan BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha (540 ming so‘mdan 1 mln 350 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Muloqot soʻngida ishtorokchilar tomonidan berilgan savollarga soha vakillari tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi