Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Huquqiy aksiya - samaradorlikka erishish imkoniyati


“Sog’liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Mirzaobod tumani Adliya bo'limi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti D.Xalbaev tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko’p tarmoqli markaziy polinlinika xodimlari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog'lig’ini saqlash to'g'risida”gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabr kungi “Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatish sifatini yaxshilash va sog'liqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 6-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 103-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-mart kuni Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda belgilab olingan vazifalar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kungi “Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-173-sonli qarori mazmun-mohiyati targ’ib qilindi.

Shuningdek uchrashuv davomida tibbiyot xodimlarining murojaatlari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi