Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Sayxunobodda "Bir farzandga uch kitob" xayriya tadbiri o'tkazildi


Sayxunobod tuman 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Bir farzandga uch kitob" xayriya tadbiri o'tkazildi. Tadbir Xalq ta'limi bo'limi, adliya bo'limi, tuman hokimligi ishtirokida o'tkazildi.
Tadbir jarayonida "Kitobning o'rni beqiyos" mavzusida chiqishlar qilinib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi "2020—2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 781-son qarori, qaror bilan tasdiqlangan Dasturning maqsadi — kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkorlar, noshirlar va kitob tarqatuvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini izchil va samarali tashkil etish orqali faol kitobxonlar safini kengaytirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishdan iborat yosh avlodning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, kitobxonlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish ekanligi to'grisida tushuntirildi.

Shuningdek, Respublikada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning 5 ta qarori qabul qilinganligi, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilanganligi aytib o'tildi. Tadbir jarayonida faol ishtirok etgan o'quvchilarga adliya va boshqa ishtirok qilgan tashkilotlarining kitob sovgalari topshirildi. Shuningdek tadbir adabiy-badiya qism bilan yakunlandi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi