Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Davlat organlarining "Ochiqlik indeksi"da Adliya vazirligi yana birinchi o‘rinda


Davlat organlarining "Ochiqlik indeksi (http://ochiqlik.uz/uz/%D1%80%D0%B5%D0%B9%D1%82%D0%B8%D0%BD%D0%B3-2022-%D0%B9%D0%B8%D0%BB-1-%D1%8F%D0... aniqlash va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan respublikadagi barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati monitoring qilindi.
Davlat organlarining 2021-yildagi faoliyati yuzasidan "Ochiqlik indeksi"da Adliya vazirligining ko‘rsatkichlari 89,22 ball bilan yuqori darajada baholanib, 24 ta vazirlik ichida birinchi o‘rinni egalladi.

Monitoringda jami 24 ta vazirlik, 13 ta davlat qo‘mitalasi va qo‘mitalar, 25 ta agentlik, 9 ta markaz va 14 ta mahalliy davlat hokimiyati organlari(hokimlik)ning 2021-yildagi faoliyati o‘rganildi.

"Ochiqlik indeksi"ni aniqlashda tashkilot va idoralarning quyidagi yo‘nalishlardagi faoliyati baholandi:
Tashkilot rahbarining faoliyati;
Axborot xizmatining faoliyati;
Rasmiy veb-sahifaning faoliyat yuritishi;
Texnologiyalarni joriy etilishi;
So‘rovlarni ko‘rib chiqish;
Kollegial majlislarning ochiqligi.

"Ochiqlik indeksi"da vazirliklar ichida ikkinchi o‘rinni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (87,44 ball), uchinchi o‘rinni esa Innovatsion rivojlanish vazirligi (84,16 ball) band etgan.

  Eslatib o‘tamiz, 2018-yil yakunlariga ko‘ra ham Adliya vazirligi “Ochiqlik indeksi” bo‘yicha e'lon qilingan reytingda birinchi o‘rinni egallagan edi.