Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosiy vazifamiz


   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son Qaroriga asosan tashkil qilingan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari zimmasiga bir qator vazifalar yuklangan.

     Markaz xodimlari o‘z oldiga ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, chin yetim, vasiylik yoki homiylik tayinlangan voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga mavjud muammolarini hal etishda bepul huquqiy maslahatlar berishni maqsad qilib qo‘ygan.

   Shunga ko‘ra, Markaz boshlig‘i U.Tangirov va bosh yuriskonsul’t B.Pakirovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.08.2021-yildagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5215-son hamda “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-son Qarorlariga asosan joriy yilning 13-aprel kuni tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 4-son umumta’lim maktabida ta’lim oluvchi ushbu toifa voyaga yetmaganlarning yashash va turmush tarzi, ta’lim-tarbiyasi va ijtimoiy himoyasi ahvoli, mavjud muammolarini o‘rganildi.

     Aniqlanishicha, mazkur umumta’lim maktabida 3 nafar chin yetimlar, ya’ni 6-sinf o‘quvchisi F.Jo‘raeva, 4-sinf o‘quvchisi L.Suvonqulova va 11-sinf o‘quvchisi V.Yarashevalar ta’lim olib keladi.

     Umumta’lim maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, psixolog va sinf rahbarlari ishtirokida chin yetim o‘quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning yashash va turmush tarzi, ta’lim-tarbiyasi, muammolari haqida suhbatlashilib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sardoba tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi