Янгиликлар
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi prinsiplari asosida amalga oshiriladi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 105-moddasi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 8,10, 11 va 12-moddalariga muvofiq, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovi 2022 yilning may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Guliston tuman adliya bo‘limi hamda tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Sohil” mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Olimjon Bozorov tomonidan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘grisida”gi Qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil to‘xtalib, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish va ularga qo‘yilgan talablar, ovoz berish tartibi hamda qonun bilan belgilangan boshqa normalar tushuntirildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi, shuningdek, mavzuga doir flayer va bukletlar tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi