Янгиликлар
14
Shirin Shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari maktabgacha ta'lim bo'limida
Shirin shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan maktabgacha ta’lim bo‘limida “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish» huquqiy aksiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmuniga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq 2022 yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Tadbirda “E-Huquqshunos” elektron tizimida ishlash tartibi, mazkur tizim imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi