Янгиликлар
14
Adliya boshqarmasida “Mening huquqim” kuni tashkil etildi
Bugun Adliya boshqarmasida tashkil etilgan “Mening huquqim” tadbirida Guliston shahar 9-umumtalim maktabi o‘quvchilari istirok etishdi.
Tadbir adliya organlari faoliyati haqida tayyorlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi. Bu orqali o‘quvchilar tarix va bugungi adliya to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ldilar.
Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, bola huquqlari, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir mobaynida konstitutsiyaga oid savol-javoblar uyushtirildi, test savollari orqali o‘quvchilarning huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Tadbir soʻngida yoshlarga hayotiy muhim masalalar bo‘yicha huquqiy qo‘llanmalar tarqatildi.
- Bugungi tadbirda adliya faoliyati bilan yaqindan tanishdik, konstitutsiya va bola huquqlari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berildi. Huquqshunoslik faniga qiziqqanim bois kelajakda adliya xodimi bo‘lish istagi paydo bo‘ldi, - deydi Ahror Ergashev. Uchrashuvdan katta taassurot oldim.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi