Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Huquqiy aksiya samara berdi, 33 nafar xodimning ish haqi undirildi


Adliya vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 15-martidan 15-may kuniga qadar respublikamiz bo‘ylab “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlari huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiya doirasida joydarda sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazilib, soha xodimlarining huquqlari ta’minlanmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son bilan qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi Nizom ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Monitoring davomida Guliston shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan mazkur nizom talablariga zid ravishda 33 nafar xodimga jami 111 705 927 (bir yuz o‘n bir million yetti yuz besh ming to‘qqiz yuz yigirma yetti ) so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Vaholanki, Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi Nizomning 64-bandida davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rahbarlar, pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi, deb belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar xodimga bajargan ish uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashga majburligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, adliya boshqarmasi tomonidan 33 nafar xodimning ish haqlarini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga arizalar kiritildi.

Natijada, Guliston shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi hisobidan 33 nafar xodim uchun 111 705 927 (bir yuz o‘n bir million yetti yuz besh ming to‘qqiz yuz yigirma yetti ) so‘m miqdorda ish haqi undirish yuzasidan sud buyruqlari chiqarilib, xodimlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

 

Timur Karimov,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i